Bild nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Dortmundning "Borussiya" klubi o'z hujumchisi Jovanni Reyna bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
"Borussiya" yosh futbolchi 18 yoshga to'lishi bilan yiliga 2,5 million evro maosh to'lamoqchi va uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi.
AQShlik yosh futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgandi, shuning uchun nemislar o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirib, tovon pulini oshirib qo'yishmoqchi.