Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Erling Xoland jamoasida 2022 yilning yozigacha qoladigan bo'ldi.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, norvegiyalik hujumchi kelasi yilning yozida Madridning "Real" klubiga 75 million evro ko'chib o'tishi haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Birinchidan, "Borussiya"ning Xolandni agenti Mino Rayola bilan hujumchi 2021/22 yilgi mavsumning so'nggiga qadar jamoada qolishi borasida kelishuvi bor.
Ikkinchidan, "Real" asosiy tarkibda Karim Benzemaga ishonch bildirmoqda. Shuning uchun, "Qirollik klubi" frantsiyalik hujumchiga jiddiy raqobat ko'rsatadigan hujumchi sotib olishni o'z rejasiga kiritmagan.