"Inter" hujumchisi Lautaro Martines Londonning "Chelsi" klubiga o'tishni istamadi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "ko'klar" argentinalik forvardni sotib olishga harakat qilgan. Martines keyingi yozda Ispaniya chempionatiga yo'l olmoqchi, shu sababli London klubi taklifini rad etgan.
Ma'lumot uchun, hujumchi xizmatiga "Real" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.