«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappega «Real» jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda. "As" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar uni sotib olishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
«Real» prezidenti Florentino Peres frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritish strategik jihatdan muhim deya hisoblamoqda. Funktsioner Mbappening transferini amalga oshirish uchun aniq rejaga ega.
Shu bilan birgalikda, "Barselona" prezidentligi uchun nomzod hisoblanayotgan Viktor Font "PSJ" futbolchisining agentlari bilan aloqaga chiqdi. U "ko'k-anorranglilar" rahbariga aylansa, Mbappeni "Kamp Nou"ga olib kelmoqchi.
Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. «PSJ» esa u bilan shartnomani uzaytirish maqsadida yangi 5 yillik shartnoma uchun 150 mln evro taklif qildi.