"Real" yarim himoyachisi Eden Azar La liganing 7-turi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Belgiyalik futbolchi sentyabr oyi so'ngida o'ng oyog'idan jarohat olgan edi. Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" shifokorlari Azarni "el-klasiko"da ishtirok etishi uchun harakat qilishmayapti. Eden keyinchalik yanada jiddiyroq jarohatga yo'liqishining oldin olish maqsadida shifokorlar uning tiklanish jarayoniga ko'proq e'tibor qaratishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi 24 oktyabr kuni "Kamp Nou"da Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.