«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlardan bo'yin tovlaganlik ishi bo'yicha sudda ko'rsatma berganidan so'ng, jurnalistlar oldida chiqish qildi.
«Ispaniya soliq idorasi mening daromadlarim haqida to'liq ma'lumotga ega, barcha zarur hujjatlarni taqdim qilganman.
Men hech qachon, hech narsani yashirmaganman va soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlamaganman.
Men har doim o'z ixtiyorim bilan soliq deklaratsiyasini to'ldiraman, chunki har bir inson daromadiga yarasha soliq to'lashi shart deb hisoblayman.
Men moliyaviy maslahatchilarimdan so'radim, ular hamma hujjatlar joyida ekanini, barcha soliqlar to'g'ri to'langanini aytishdi. Men hech qanday muammo yuzaga kelishini istamayman.
Endi odil sud o'z ishini qilishi kerak. Men adolatga ishonaman va adolatli qaror chiqarilishini istayman. Keraksiz bosimga uchramaslik uchun, to sud qarori chiqmaguncha bu masalaga boshqa izoh bermayman" - dedi Ronaldu As xabarida.