"Yuventus" yarimhimoyachisi Sami Xedira 17 may kuni Italiya kubogi finalida "Latsio"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etolmaydi.
Bundan tashqari, turinliklar ustozi Massilimiano Allegrining bildirishicha, futbolchi Italiya chempionatida "Roma" va "Krotone"ga qarshi uchrashuvlarni ham o'tkazib yuboradi. 3 iyun kuni "Real"ga qarshi EChL finalida ham Xediraning qatnashishi so'roq ostida turibdi.