«Real» himoyachisi Serxio Ramos jamoa bilan shartnoma imzolashga tayyor. Buning uchun "Qirollik klubi" unga 2 yillik shartnoma taklif qilishi kerak. Ispaniyalik futbolchi bir yillik shartnomaga rozi bo'lmoqchi emas.
"OK Diario" tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar Ramosga aynan bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. "Real" odatda 33 yoshdan oshgan futbolchilarga bir yildan ko'p muddatga shartnoma taklif qilmaydi. Bunday variant esa Serxioni qanoatlantirmaydi.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Unga "Yuventus" va "PSJ" klublari qiziqish bildirishmoqda.