Ispaniyaning "Marca" nashri Evropaning ayni paytda eng kuchli tarkibga ega klubini aniqlash maqsadida o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Birinchi pog'onani «Bavariya» klubi egalladi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 34 foizi myunxenliklarga ovoz berishdi.
"Real" esa 24% ovoz bilan ikkinchi pog'oanini egallagan bo'lsa, «Barselona» kuchli uchlikka kirdi (11%).
Keyingi pog'onalarni "Liverpul", Yuventus" va "Manchester Siti" klublari egalladi.
Evropaning eng kuchli tarkibga ega klublari reytingi:
1. «Bavariya» — 34%.
2. «Real» — 24%.
3. «Barselona» — 11%.
4. «Liverpul» — 10%.
5. «Yuventus» — 5%.
6. «Manchester Siti» — 4%.
7. «Chelsi» — 3%.
8. «Borussiya» D. — 2%.
9. PSJ — 2%.
10. «Sevilya» — 1%.