"Arsenal"da ijarada o'ynayotgan "Real" yarimhimoyachisi Dani Sebalos "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar beradi Don Balon nashri.
Manbaga ko'ra, klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola 24 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Sebalosning Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yil iyungacha amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, 2020/21 yilgi mavsumda Sebalos "Arsenal" tarkibida 6 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.