Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxi Ramosga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda.
"Qirollik klubi" Ramosga ish haqqi kamaytirilgan 1 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchini bu taklif qoniqtirmagan va yangi shartnoma imzolamoqchi emas.
Ma'lumot uchun, Ramosning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yozgacha mo'ljallangan. Uning xizmatiga "Yuventus" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.