Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq sardori Karles Puyol "Real" klubiga qarshi bo'lib o'tgan eng esda qolardi "Klasiko"ni tan oldi.
«Men «Kamp Nou»dagi debyut uchrashuvimni «Real» klubiga qarshi o'tkazganman va o'shanda 2:2 hisobi qayd etilgandi, biroq, men baribir eng zo'r "Klasiko" deb 6:2 hisobida yakunlangan o'yinni tanlayman.
O'shanda bizda Gvardiola bor edi, mavsumni yaxshi boshlagan edik. O'sha o'yindan bir yil avval juda yomon mavsum bo'lgandi, o'shanda "Real"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi», – dedi Puyol.
«Barselona» «Real» klubini 2009 yilning may oyida 6:2 hisobida «Santyago Bernabeu»da mag'lubiyatga uchratgandi. Puyol esa uchrashuvning 20-daqiqasida "Qirollik klubi darvozasini ishg'ol etgandi. Yakunda Gvardiola boshchiligidagi «Barselona» mamlakat chempioniga aylangandi.