Madridning "Real" hamda Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Millatlar Ligasi doirasida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tayotgan uchrashuvning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Bu uchrashuv Kroos uchun terma jamoadagi 100-o'yini bo'ldi.
Kroos terma jamoada tarkibida 100dan ortiq o'yinlarda maydonga tushgan 12-futbolchiga aylandi. Germaniya terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazish borasida yuqori uchlikni Lotar Matteus (150 ), Miroslav Kloze (137) va Lukas Podolskilar (130) boshqarib turishibdi.