"Real" sardori Serxio Ramos joriy mavsum so'ngida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
"El Chiringuito" tarqatgan xabarga ko'ra, "Real" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hali muzokaralarni boshlamadi. Serxioning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
"Yuventus" va "Pari Sen-Jermen" klublari Ramosga qiziqish bildirishmoqda. Ular hozirda 34 yoshli bilan bog'liq vaziyatni kuzatishmoqda.
Serxio Ramos kelajagi borasida qarorni 1 yanvarga qadar qabul qilishi kerak. Avvalroq "Real" himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
Ramos 2005 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytgacha u "qaymoqranglilar" futbolkasida 650dan ortiq o'yinda ishtirok etgan.