“Borussiya D” forvardi Erling Xoland hali ham “qirollik klubi” etibor markazida turibdi.
Manbaga ko'ra, madridliklar ko'pdan beri 20 yoshli norvegiyalikni kuzatib kelgan, ammo pandemiya sabab kelishuv o'tgan transfer oynasida amalga oshmay qoldi. Bundan tashqari, “Real” rahbariyati hujumchining narxini tushirishga ham harakat qildi, ayni holatda madridliklar forvard uchun 100 mln evro to'lashga tayyor emas.
Xoland Bundesliga joriy mavsumida 3 o'yinda qatnashib, 4+1 natija ko'rsatdi. SHuningdek, Xoland yakshanba kuni Ruminiyaga qarshi o'tgan uchrashuvda (4:0) Norvegiya terma jamoasi safida ilk xet-trrigini qayd etdi.