«Real» yarim himoyachisi Kazemiro tan olib aytishicha, uning ismi aslida biroz boshqacha.
«Aslida mening ismim Kazimiro ekanini ko'pchilik bilmaydi. Chunki onamning familiyasi «i» orqali yoziladi: Kazimiro.
Braziliyada "San-Paulu"da o'ynaganimda muxlislar meni Kazemiro deb atay boshlashgan. Men ajoyib o'yin o'tkazdim va meni «e» orqali atashlariga rozi bo'lganman. O'shandan beri shunday qoldi», – dedi Kazemiro.