Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba shartnomani uzaytirish borasida taklif qilingan yana bir shartnomaga rad javob berganligi haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, 28 yoshli himoyachining "Bavariya" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Klub rahbariyati avstriyalik futbolchiga yiliga 11 million evro maoshni o'z ichiga oladigan yangi shartnoma taklif qilgandi, biroq, futbolchi bu safar ham ushbu taklifni rad etdi.
Alabaga Madridning "Real" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.