Ispaniyaning "Sevilya" klubi himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" 21 yoshli himoyachini o'z safiga qo'shib olishni asosiy maqsad qilib belgilab oldi deya xabar bermoqda ESPN.
"Mankunianliklar" Kunde shu yilning qishki transfer bozorida yoki keyingi yilning yozida o'z tarkibiga olib kelish niyatida. Ushbu transfer "Manchester Yunayted" o'zining ikki nafar markaziy himoyachini sotgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Qayd etish kerakki, "Sevilya" Jyulya Kundening transfer narxini 65-70 million evro atrofida baholamoqda. Avvalroq yosh himoyachiga "Manchester Siti", "Barselona" va "Real" klublari ham qiziqish bildirishayotgandi.