«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Posuelo-de-Alakronga tashrif buyurib, soliqlardan bo'yin tovlaganlik ishi bo'yicha sudda ko'rsatma berdi.
Marca xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi 1,5 soat davomida prokurorlarning savollariga javob bergan va o'zining aybdorligini tan olmagan. Bundan tashqari, Ronaldu sudga o'z obro'sini himoya qilish uchun tashrif buyurganini alohida ta'kidlagan.
«Agar men Krishtianu Ronaldu bo'lmaganimda, bu erga kelmasdim», – deb aytgan futbolchi La Sexta xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011-2014 yillar davomida 14,8 million evro miqdoridagi soliqni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblangan edi.
Agar aybi isbotlansa, unga 2 yillik shartli qamoq yoki 14,8 mln evro miqdoridagi jarima jazosi tayinlanishi mumkin.