Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanib jinoiy ish ochilganidan xabaringiz bor.
Bugun 32 yoshli futbolchining sudi Madriddagi Posuelo-de-Alakron shahrida bir yarim soat davomida bo'lib o'tdi. Va unda futbolchi o'zini aybsiz deb hisoblashini aytib o'tdi. Forvard aytishicha u sud zaliga faqat o'zining obro'yi uchun kelganini ta'kidlagan.
"Agar men Krishtianu Ronaldu bo'lmaganimda, men bu yerga kelmagan bo'lar edim." - deydi Portugaliya terma jamoasi sardori. Shu bilan birga futbolchi suddan so'ng OAV intervyu berishni xohlamadi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2011-2014-yillar oralig'ida 14,7 mln yevro miqdorda pulni davlatdan yashirganlikda gumonlanmoqda. Agarda Ronaldu aybdor deb topilsa shartli ravishda 2 yil qamoq jazosiga tortilishi mumkin va belgilangan miqdordagi pulni ham davlatga to'laydi.
Hozircha tergov ishlari davom etmoqda.