Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoa bosh murabbiyi Frenk Lemparddan bir kunda dam olish kuni so'ragan. Sababi, Kante do'stining to'yida ishtirok etmoqchi bo'lgandi.
Le Parisien jurnalining yozishiga qaraganda, Lempard futbolchining talabini qondirmadi va rad javob berdi. Bunga asosiy sabab – futbolchining koronavirus infektsiyasini yuqtirib olmaslik edi.
Kante murabbiydan xafa bo'ldi, chunki u hech qachon klub ichki intizomini buzmagan va dam olish kuni so'ramagan. Kante avvalroq klubdan ketish haqida o'ylayotgandi. Endi bo'lsa u o'z qaroriga shubha qilmaydi. Kantega nomzodlar juda ko'p, ulardan asosiylari – «Real» va«Inter».