Oldinroq Germaniya terma jamoasi posboni bir necha hafta davomida to'liq mashg'ulotlarni boshlay olmasligi malum qilingan edi.
Sport.es xabariga ko'ra, darvozabonning hozirgi holati tiklanish muddatini qisqartirishi mumkin. Ter SHtegen allaqachon odatiy rejimdagi mashg'ulotlarga qaytgan. U 24 oktyabrda o'tkazilishi kutilayotgan Madridning "Real" klubi bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Buning uchun kataloniyaliklar tibbiy shtabining xulosasi ijobiy bo'lishi talab qilinadi.