Yarim himoyachi Takefusi Kubo tufayli "Real" va "Vilyarreal" klublari o'rtasida mojaro yuz berishi mumkin.
Yaponiyalik futbolchi joriy mavsumda "Vilyarreal"ga ijaraga berilgan bo'lib, u La liganing dastlabki 5ta uchrashuvida faqat zaxiradan maydonga tushirildi. U umumiy miqdorda bor-yo'g'i 55 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu esa "Madrid" rahbariyatiga yoqmayapti. Bu haqda "Cadena SER" xabar tarqatdi.
19 yoshli Kubo o'tgan mavsumni ijara asosida "Malorka" safida o'tkazgan edi. U barcha musobaqalar doirasida 36ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.