Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»chilar "uyi" yangicha ko'rinish olmoqda

Stadion.uz «Real Madrid» arenasining tarixi va ertangi kuni haqida fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz «Real Madrid» arenasining tarixi va ertangi kuni haqida fikr almashadi.

«Estadio Chemartin» arenasi «Real Madrid»ning ilk arenasi sifatida tarixda qolishi aniq. 22 500 muxlisni o'z bag'riga sig'diruvchi stadion 1947 yilga qadar «qaymoqranglilar» uchun xizmat qildi. 1940 yillarga kelib, Madrid klubi muxlislari soni keskin oshib ketdi. Shu bois, klub yangi arena qurish haqida bosh qotirishni boshladi. Bu o'yingohni qurish maqsadida Santyago Bernabeu va Rafael Salgado Bankdan katta kredit olishdi va «Chemartin» oldidan er sotib olishdi. 1944 yilda esa, yangi stadionning maketi ommaga namoyish etildi. Qurilishni taniqli arxitektor Luis Soler va Manu Monasteriolar o'z zimmalariga olishdi. O'sha yilning 27 oktyabrida rasman qurilish ishlari boshlab yuborildi.

«Real Madrid»ning yangi qarorgohiga «Nuevo Chemartin» nomi berildi. Bu ispanchadan tarjima qilinganda yangi Chemartin degan ma'noni anglatadi. Arena 1947 yilda qurib foydalanishga topshirildi. Ilk uchrashuv esa, 14 dekabr sanasida o'tkazildi. Yangi maydonning egalari Portugaliyaning «Belenensiesh» klubini 3:1 hisobida dog'da qoldirib muxlislarni xursand etishdi. Yangi arena o'z bag'riga bir vaqtning o'zida 75 145 muxlisni sig'dirishga qodir edi. O'yinni 27,5 ming muxlis o'tirgan holda tomosha qilsa, qolganlar tik turgancha o'yinni kuzatishar edi.

«Chimartin» 1954 yilda ta'mirga topshirildi. Birinchi urinishdayoq arena sig'imi 102 mingga oshirildi. To'g'ri, muxlislarning deyarli 80 foizi o'yinni turib tomosha qilishga majbur edi, biroq «Real»ning o'yinlari uchun chiptalar sekundda sotilib ketar edi. 1955 yilga kelib, arena «Santyago Bernabeu» nomini oldi. Vaholanki, klub Prezidenti bu taklifga qarshi chiqqan edi.

1957 yilning mayida «Real» va «Sport Resifi» o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi. Aynan ushbu uchrashuvda ilk bor arena tungi chiroqlar yordamida yoritildi. Shu tariqa, arena uzoq vaqt Madrid super klubi uchun munosib xizmat qildi.

Ispaniya Mundialni 1982 yilda o'tkazish huquqini qo'lga kiritgach, «Santyago Bernabeu» qayta ta'mirlash uchun yana yopildi. Arenani qayta qurish ishlari 16 oyga cho'zildi. Ushbu qurilishning umumiy byudjeti 704 million pesetga tushdi. Ushbu summaning 530 millionini rasmiy Madrid ajratadi. FIFAning talablariga binoan, JCh uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionlardagi o'rindiqlarning 3/2 qismi o'tirib tomosha qilishga mo'ljallangan bo'lishi lozim edi. Shu bois, stadion sig'imi 1982 -yilda 90 mingga kamayib ketdi. Shunga qaramay, arenaga ilk bor elektron tablo o'rnatildi. Yoritish sistemasi to'liq yangiladi. Arena JChning 4 ta o'yiniga mezbonlik qildi. B guruhidagi 3 ta o'yin va musobaqa finali aynan «Santyago Bernabeu»da o'tkazildi.

1992 yilda stadion yana ta'mirlandi. To'g'riroq qilib aytganda, zamonaviylashtirildi. Arenaning balandligi 22 metrdan 45 metrgacha uzaytirildi. Yoritish sistemasi to'liq yangilandi. Maydon chimi esa, butunlay zamonaviy uskunalar yordamida qayta o'stirildi. Chimning yaxshi o'sishi uchun tagida maxsus sug'orish sistemasi ham o'rnatildi. Bunday zamonaviy uskunalarni 1992 yilda Evropaning sanoqli klublarigina ishlatgan xolos. 1998 yilga kelib, jamoa Prezidenti Lorenso Sansa arenani to'liq o'tirib tomosha qilishga moslab ta'mirlardi. oqibatda, muxlislar sig'imi 75 328 taga qadar kamayib ketdi.

E'tiborlisi shundaki, yangi asrning ilk yillarida (2001-2006) stadionni yangicha texnologiyalar bilan jihozlash uchun «Real» 127 million evrodan voz kechib yubordi.VIP o'rindiqlar paydo bo'ldi. Stadion ichida barlar va ko'ngil ochar maydonchalar tashkil etildi. Sovrinlar uchun zal ochildi. Tribunalarni isitish sistemasi ishga tushirildi. 4 ta restoran va butun stadion bo'ylab eskalatorlar o'rnatildi. Klubning rasmiy ofisi ham aynan shu arenaga joylashtirildi. Endilikda, stadionning umumiy sig'imi 81 0,44 ni tashkil etmoqda.

2007 yilda UEFA «Santiyago Bernabeu»ning 60 yillik to'yi munosabati bilan arenaga «5 yulduzli stadion» maqomini berdi.

Arenadagi 1500-o'yin 2011 yilning 22 noyabrda tashkillashtirilgan. Bahs UEFA chempionlar ligasi doirasida «Dinamo Zagreb»ga qarshi bo'lib o'tadi.

«Santyago Bernabeu»ni nafaqat o'yin chog'ida, balki boshqa kunlari ham tomosha qilish mumkin. Arenani tomosha qilish uchun butun dunyodan kelgan muxlislar sovrinlar zalini tomosha qilishi, stadioning barcha tribunalarini aylanib chiqishi mumkin. Hatto sevimli futbolchisining shkafi oldida suratga tushishi ham mumkin.

2019 yilning 2 aprel sanasida Florentina Peres stadionning yangilangan qiyofasi qanday bo'lishi haqida rasmiy ma'lumot berdi. Bu ishni amalga oshirish uchun Peresga Madrid meri Manuel Karmana ham yordam berishi ko'zda tutilgan. Yangilangan «Santyago Bernabeu»ning maketi 2011 yilda tayyorlangan bo'lsada, klub uni oradan 8 yil o'tib ommaga namoyish qildi.

«Real Madrid» stadionni ta'mirlash uchun olgan kreditini 30 yil davomida to'lab borishi ko'zda tutilgan.

Florentina Peres Bankdan 525 million evro kredit oldi. Bu summaning 100 millioni texnik uskunalar uchun sarflanadi. 300 million evro esa, qurilish uchun ajratilgan. 125 millionga klub stadionning ichidagi xonalarni ta'mirlash va uni jihozlash uchun sarflashni rejalashtirgan. Qurilish 2023 yilda o'z yakuniga etishi ko'zda tutilgan.

Stadionni ta'mirlashdan avval atrofdagi 6 000 kv.m joy to'liq jamoa tasarrufiga o'tishi lozim. Buning uchun Dam olish parklari va oromgohlar buzib tashlanadi. Atrofdagi barcha maydon tekislanadi va to'liq yangi dizayn asosida qayta quriladi. Bundan tashqari, stadionning balandligi 45 metrdan 57 metrga qadar uzayadi. Sababi, stadion tomi yopilishi uchun yangi texnologiya joylashtiriladi. Ma'lumotlarga qaraganda, 15 daqiqa ichida «yangi Santyago Bernabeu» to'liq yopiq arenaga aylanishga qodir bo'ladi. Arenadagi yangi mega ekranga ega tablo ham o'rnatilishi rejaga kiritilgan.

Pandemiya sababli stadion qurilishi qachon tugatilishi noma'lumligicha qolmoqda. Ispan nashrlarining ma'lum qilishicha, pandemiya sababli arena qurilish ishlari qachon tugallanishi noma'lum. Shu sababli, «qirollik klubi» o'zining uy uchrashuvlarini "Alfredo Di Stifano" stadionida o'tkazib turadi.

Yaxyoxo'ja Ulug'xo'jaev 

???????? ¡Así será el nuevo estadio Santiago Bernabéu! #HalaMadrid pic.twitter.com/80Mvkm0aDO

— Real Madrid C.F. (34????) (@realmadrid) April 2, 2019
BestMaster
10 Oktyabr 2020, 19:30
«real»chilar, yangicha, korinish, olmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Зур
11 Oktyabr 2020, 05:19
 u7777u  
Гап йуқ
11 Oktyabr 2020, 05:20
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads