«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jarohat sabab Belgiya terma jamoasi yig'inini tark etdi.
AS nashrining xabar qilishicha, 28 yoshli futbolchi bel mushaklarini shikastlab olgan. Terma jamoa murabbiylar shtabi futbolchini klub tasarrufiga qo'yib yuborgan.
Shu tariqa Kurtua Kot-d’Ivuar (8 oktyabr) bilan o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi, Millatlar Ligasi doirasidagi Angliya (11 oktyabr) va Islandiyaga (14 oktyabr) qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
Belgiyalik darvozabon «Real»ning «Kadis»ga qarshi kechadigan 18 oktyabr kungi uchrashuviga qadar tiklanishi kutilmoqda.
Agar Tibo klubining o'yiniga qadar safga qayta olmasa, «Real» jiddiy muammoga duch kelishi mumkin. Sababi jamoaning ikkinchi darvozaboni Andrey Luninda koronavirus aniqlangan.