7 oktyabr, chorshanba kuni Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. Lissabonda o'tkazilgan uchrashuvda hisob ochilmadi.
"Qizil furiya" himoyachisi Serxio Ramos bahsning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U terma jamoa safidagi daqiqalari sonini 13340 daqiqaga etkazdi va Ispaniya safida yangi rekord o'rnatdi.
Bungacha ushbu rekord darvozabon Iker Kasilyasga tegishli bo'lib, u Ispaniya termasi futbolkasida 13336 daqiqa harakat qilgan.
Buning uchun Ramosga 173ta o'yin kerak bo'lgan bo'lsa (bu borada u rekordchi), 39 yoshli Kasilyas esa terma jamoa tarkibida 167ta o'yin o'tkazgan.