«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu sud mahkamasida ishtirok etish uchun Posuelo-de-Alakronga etib keldi.
Ma'lumki, 32 yoshli futbolchi Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011-2014 yillar davomida 14,8 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblangan edi.
Turli manbalar Ronaldu ishining qanday yakunlanishi to'g'risida turlicha fikr bildirmoqda. As xabariga ko'ra, futbolchi sudda oqlanishi mumkin. Ispaniyaning boshqa nashrlari unga 2 yillik shartli qamoq jazosi va 14,8 mln evro miqdoridagi jarima jazosi belgilanishini taxmin qilmoqda.