Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Fabiu Koentrau «Riu Ave»ga qaytdi.
Portugaliyalik 32 yoshli futbolchi klub bilan mavsum so'ngigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Koentrau – «Riu Ave» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu klubda 2018/19 yilgi mavsumda harakat qilgan, o'tgan yili esa jamoasiz qolgan.