"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisni "Real"ga sotishni xohlamagan. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar Ruis uchun 45 million evro taklif qilishgan. Ammo bu narx neapolliklar rahbariyatini qoniqtirmagan.
Ta'kidlab o'tamiz, yaqin orada "adzurrilar" Ruis bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Yangi shartnomaga ko'ra, futbolchi yiliga 3 million evro maosh oladi.