UEFA «Real»ga Evropa chempionlar ligasi o'yinlarini Alfredo Di Stefano nomidagi zaxira stadionida o'tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
"Qaymoqranglilar" La liganing 2019/2020 yilgi mavsumi qayta boshlanganidan keyin o'z uchrashuvlarini klubning yoshlar jamoasiga tegishli stadionda o'tkazib kelayotgan edi. La liga rahbariyati Ispaniya chempionatining yangi mavsumida ham "Qirollik klubi"ga 6000 o'rindiqli arenada o'ynashga imkon berdi. Endi esa UEFA ham "Real"ga shunday ruxsatnoma berdi.
Eslatib o'tamiz, "Madrid" Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi uy uchrashuvlarini «Shaxtyor» (21 oktyabr), «Inter» (3 noyabr) va Myunxengladbaxning «Borussiya» (9 dekabr) klublariga qarshi o'tkazadi.