Evropada yozgi transfer oynasi yopildi. Madridning «Real» klubi ushbu muddat davomida birorta yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolamadi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, bunday voqea "Qirollik klubi" tarixida so'nggi qirq qil ichida ilk marta yuz berdi. Madridliklar o'z saflarini faqat ijaradan qaytgan o'yinchilar bilan to'ldirishdi. Ular: darvozabon Andrey Lunin («Valyadolid» / «Ovedo»), himoyachi Alvaro Odriosola («Bavariya») va yarim himoyachi Martin Edegor («Real Sosedad»).
Mavsum-2019/20da «Real» Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoa joriy mavsumda 4ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.