«Real», «Portu» va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas yurak xastaligi tufayli faoliyatini tugatgani haqida gapirdi.
"Qaror qabul qilish katta qiyinchilik tug'dirmadi, chunki bu menga bog'liq emasdi. Buni vaziyat belgilab berdi va boshqa chora ham yo'q edi.
Boshqa tomondan, yuragimdagi muammolardan oldin ham men bir-ikki yil davomida kelajagim haqida o'ylayotgandim. Tabiiyki, har bir kun asta-sekin meni sportni tark etishga yaqinlashtirardi, ammo bu men xohlagan tarzda amalga oshmadi. Bu juda og'ir edi.
Ammo agar o'ylab ko'rilsa, bu futbolchilik faoliyatiga yakun yasaydigan jiddiy jarohat emasdi. Hayotim uchun jiddiy xavf bor edi, biroq undan qocha oldim.
Muvaffaqiyatli karera uchun minnatdor bo'lishim kerak, chunki noxush lahzalarga qaraganda, ajoyib damlarim ko'proq", -dedi Iker Kasilyas.
Eslatib o'tamiz, Kasilyas yuragidagi muammolar sabab 2020 yilning avgust oyida faoliyatni yakunlagani haqida e'lon qilgandi.