Halqaro qo'shiqlar tanlovi "Evrovidenie"ning bu yilgi g'olibi, portugaliyalik qo'shiqchi Salvador Sobral o'zini milliy qahramon deb hisoblamayapti.
"Men milliy qahramon? Yo'q. Krishtianu Ronaldu - milliy qahramon, u shunday bo'lib qoladi. Men o'zimning xotirjam umrimni o'tkazishda davom etaman. Bunday omadning kelgani zo'r bo'ldi. Ammo bu o'tib ketadi", - deydi Sobral.