"Qaymoqranglilar" "Vilyarreal"ning yaponiyalik futbolchiga nisbatan munosabatidan mamnun emas. Bu haqda Cadena Ser nashri malum qildi.
Xavbek joriy mavsum 5 ta o'yinni zahirada boshladi va umumiy hisobda bir soatdan kamroq o'ynadi. Bu holat "Real" mutasaddilarining noroziligiga sabab bo'lmoqda. Malumot uchun, "qirollik klubi"ga yozda Kubo borasida 25 dan ortiq taklif kelgan. Jumladan, "Milan", "Bavariya" va "Ayaks"dan ham.
Ushbu takliflardan birini tanlash "Real" uchun iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo'lardi, ammo madridliklar "Vilyarreal" yaponiyalik o'yinchining o'sishi uchun eng qulay joy deb hisoblashgan edi.
Ispaniyaning amaldagi chempioni hozircha bu masala bo'yicha jiddiy choralarni ko'rib chiqmayapti (masalan, futbolchini ijaradan qaytarish), ammo Kuboning atrofidagi vaziyatdan norozi.