Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Bavariya” hujumchi izlamoqda
Myunhenning “Bavariya” klubi PSJ forvardi Erik Shupo-Moting bilan shartnoma imzolamoqchi.
“Goal” nashrining ma'lum qilishicha, 31 yoshli futbolchining agenti bilan klub aloqaga chiqqan va uni o'z tarkibida ko'rish uchun bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, erkin agent maqomidagi futbolchi bilan bir nechta grand jamoalar qiziqib qolgan.
“Valensiya” Etien Kapuni o'z safiga qo'shib olish niyatida.
“The Athletic” nashrining ma'lum qilishicha, “Uotfurd” yarim himoyachisini qo'lga kiritish uchun “Valensiya” avvaliga Joffre Kondogbiani transferini amalga oshirishi lozim.
Manbaning ma'lum qilishicha, tayanch yarim himoyachini ingliz klubi 5 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Totti Ryudigerni ortga qaytmoqchi
Rimning “Rom” klubi sobiq sardori Franchesko Totti Ryudigerning Italiyaga qaytishi borasida ish olib bormoqda.
Futbolchining xizmatlarini “A Seriya” klublariga taklif etayotgan Chesko tez orada Ryudigerga yangi jamoa topib berishi kutilmoqda.
Goal nashrining ma'lum qilishicha, sobiq futbolchi “Roma”, “Milan” va “Napoli” klublariga himoyachini taklif qilgan.
“Barselona” o'z futbolchisini sotadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi Jan-Kler Todiboni “Fulhem”ga sotishga rozi bo'ldi.
“Sky Sport” nashrining ma'lum qilishicha, ingliz klubi Todibo uchun “Barselona”ga 20 million evro taklif qilgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, “Fulhem” Todibo bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
“Bavariya” Sarrni nishonga oldi
Myunhenning “Bavariya” jamoasi SOVID-19 sababli kichik transferlarni amalga oshirishda davom etmoqda.
“Sky Germany” nashrining ma'lum qilishicha, jamoa nishonida “Marsel” himoyachisi Bunu Sarr turibdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Myunhen klubi ushbu transferni amalga oshirish uchun o'z futbolchilaridan birini qo'shib berishga ham tayyor.
Ma'lumotlarga qaraganda, bu “Lids” bilan shartnoma imzolay olmagan Mikael Kyusan bo'lishi mumkin.