"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl 2018 yil yozida Tumanli Albionga qaytishi mumkin.
Daily Express xabariga ko'ra, bosh murabbiy Joze Muorino futbolchining transferini bir yil kutishga va unga 100 mln evro ajratishga tayyor.
Ayni paytda, "qizil iblislar" Beylning transferini amalga oshirolmaydi. Chunki, Lukaku (85 mln evro) va Lindelyof (35 mln evro) transferi uchun katta mablag' sarflagan. Bundan tashqari, Matichning (40 mln evro) transferi ham deyarli hal bo'lgan.
Beylning "Real"dan ketishiga "Monako" hujumchisi Mbappening kelishi ham o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin.