Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Lotar Matteus Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
«Erling «Real»ga juda mos tushadi. Biroq, ayni paytda Xolandu muntazam ravishda o'ynashi kerak, chunki u endigina 19 yoshda.
Ehtimol, «Real»ning muhim o'yinlarida maydonga tushmas, chunki, u erda asosan Karim Benzemaga ishonch bildiriladi.
U yana ikki mavsum «Borussiya»da o'ynashi kerak, keyin «Real»ga o'tsa bo'laveradi, – Matteusni so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.