Urugvayning «Penyarol» klubi yarim himoyachisi Fakundo Pelistri faoliyatini Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida davom ettiradi.
Angliya matbuotining yozishicha, ushbu bitimning barcha detallari muhokama qilinib, tomonlar kelishuvga erishdi. Futbolchi dushanba kuni Manchester shahriga etib keladi.
"MYu" Pelistri bilan besh yillik shartnoma imzoladi, garchi, "MYu" yarim himoyachini darhol Angliya ko'chib kelishini xohlayotgan bo'lsa-da, «Penyarol» uni mavsum oxirigacha o'z safida o'ynatmoqchi.
18 yoshli Pelistri joriy mavsum Urugvay chempionatida 12 ta uchrashuv o'tkazdi.
Avvalroq unga «Manchester Siti» va «Real» klublari qiziqish bildirayotgandi.