Ussem Auar va Memfis Depaylar Frantsiyaning «Lion» klubini tark etmaydigan bo'lishdi. Bu haqda Frantsiya matbuoti xabar bermoqda. «Lion» rahbariyati o'z futbolchilarini sotishni istamadi.
Ma'lumki, Auarga «Arsenal», «Manchester Siti», PSJ va "Real" klublari qiziqish bildirishayotgandi. Depayning xizmatiga esa «Barselona» tomonidan qiziqish boridi.
Biroq, klub rahbariyati yakunda har ikki futbolchini ham sotishni istamayotganligini rasman e'lon qildi.