Marko Asensio jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga o'zining ajoyib o'yini orqali jamoa asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlamoqda. Ispaniyalik futbolchi 21-iyul kuni mashg'ulotlarga qo'shildi, ya'ni Garet Beyldan 10 kun keyin. Ammo maydonda uelslik futbolchidan ko'ra yaxshi harakat qilmoqda.
Zidan qachonki Asensioga amaliyot bermoqda, futbolchi berilgan imkoniyatni ko'kga sovurmayapdi. Xames Rodrigez jamoani tark etganidan so'ng yosh futbolchi asosiy tarkib uchun yana bir qadam tashladi.
O'tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi darvozaga 10 ta to'p kiritgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Shuningdek, Marko ushbu yozda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasida Yevropa chempionatida ham o'zini har tomonlama ko'rsatdi. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ham endilik Asensioni JCH-2018 saralash uchrashuvlarida sinab ko'rish g'oyasi paydo bo'la boshladi.
Marko Asensioning bugungi kundagi o'yini uning UEFA Superkubogi asosiy tarkibi uchun o'ziga joy naqt etib qo'yilishini ko'rsatib bermoqda. Ayniqsa hozirgi "Madrid" tarkibida.