Rimning "Roma" klubi "Real" hujumchisi Borxa Mayoralni ijaraga oldi. Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar bermoqda.
23 yoshli futbolchi ikki mavsum "Roma" tarkibida ijara asosida to'p suradi.
Transfermarkt portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, ushbu ijara shartnomasi 2 million evroni tashkil etdi.
Mayoral "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Mayoral avvalroq "Volfsburg" va "Levante" klublarida ijara asosida to'p surgan.