Koronavirus pandemiyasi Madridning "Real" klubi byudjetiga jiddiy zarar etkazishi mumkin deya xabar bermoqda AS nashri.
Nashrning yozishiga qaraganda, "Qirollik klubi" aynan pandemiya sababli 195 million evro zarar ko'rishi kutilmoqda.
Bunga "qaymoqranglilar"ning uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazayotgani sabab bo'lmoqda.
Uy o'yinlari uchun sotiladigan chiptalardan tushadigan mablag' madridliklar byudjetini to'rtdan bir qismini tashkil etadi, qolgan mablag'lar esa televizion huquqni sotish va homiylardan kelib tushadi.