Braziliyalik futbolchi Neymar so'nggi bor "El Klasiko"ni o'tkazdi.
Futbolchi "Barselona" tarkibida Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Real"ga (3:2) qarshi oxirgi marta maydonga tushdi.
AS xabariga ko'ra, Neymar o'yindan so'ng "Real"ning kiyinish xonasiga kirib, futbolchilar bilan xayrlashdi. Ma'lumki, braziliyalik futbolchi madridliklarning bir qanchasi bilan yaqin do'st hisoblanadi.
Avvalroq, Neymarning yaqin kunlarda "PSJ" klubiga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi.