Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar yana jarohat oldi.
Belgiyalik futbolchi o'ng oyoq mushaklaridan jarohat olgan. "Qirollik klubi" shifokorlari futbolchini kuzatishda davom etadi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, Azar jarohati sababli 3-4 haftani o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, 2019/20 yilgi mavsumda futbolchi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan hamda 6ta golga asisstentlik qilgan. Bu mavsum vinger hali maydonga tushmadi.