Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde joriy mavsumdagi ilk golini «Betis» klubi darvozasiga kiritdi.
Urugvaylik futbolchining asosiy maqsadi - gol kiritish emas. «Betis»ga qarshi o'yinda u ajoyib tezlik namoyish etdi.
«Bu yarim himoyachining roli. Mening ishim — oyoqlarim tortishib qolguncha yugurish. Men doim shunday qilaman. Vaziyatni asta-sekin tuzataman va men shunchaki yugurmayman, foydali harakatlarni amalga oshiraman», — dedi Valverde.
«To'pni egallab olishim bilan raqib jarima maydonchasiga borishim keraklgini Zidan doim aytadi. U mening qilayotgan ishlarimni doim gapiradi. Gol kiritish – haqiqatdan ham muhim, lekin bu ish bilan hujumchilar shug'ullangani ma'qul. Men ularga shu imkoniyatni yaratib berishim kerak», — dedi Valverde.