Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich ijara asosida boshqa jamoaga o'tishga yaqin.
Madrid klubi serbiyalik forvard bilan xayralashishga tayyor. Ushbu qarorni "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham tasdiqladi.
Yovichga eng jiddiy qiziqish "Roma"dan bo'lmoqda. Rimliklar hujumchiga o'yin amaliyoti kafolatlayapti. Shuningdek, Lukaga "Inter" va "Milan" jamoalaridan ham takliflar bor.