«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos La Liga 3-turi doirasida «Betis»ga qarshi kechgan o'yinda (3:2) jarohat oldi.
Futbolchi uchrashuvning birinchi bo'limi oxirida jarohat sabab zaxiraga olingandi. Ma'lum bo'lishicha, germaniyalik Toni bo'ksa mushaklarini shikastlab olgan.
Kroos mazkur jarohat tufayli 10—14 kun davomida maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda. Shu tariqa futbolchi Germaniya terma jamoasining Millatlar Ligasidan o'rin olgan oktyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Ayni damda madridliklar lazaretida Marselo, Mariano Dias, Eder Militao va Marko Asensio kabi futbolchilar jarohatini tiklamoqda. Eden Azar esa o'tgan haftada jamoaviy mashg'ulotlarga kirishgan.