Madridning "Real" klubi hujumchisi Borxa Mayoral tez orada rasman "Roma" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. "Roma" Mayoral uchun 13 million evro to'laydi.
Eslatib o'tamiz, "Roma" kecha "A" Seriyaning 2-turida "Yuventus" bilan durang o'ynagandi.