"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik, ko'plab vaziyatlar yaratdik va xisobni bundan ham yirik ko'rinishga olib kelishimiz mumkin edi. Men jamoam o'yinidan qoniqdim. Bu o'yin Superkubogi oldidan tayyorgarlik edi, ammo biz bilamiz Ispaniya Superkubogida umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Uchrashuv umuman o'rtoqlik o'yiniga o'xshagan xolda o'tmadi. Men futbolchilarimdan xursandman, sababi ular uchrashuvga to'gri baxo berishdi. Futbolchilarim tayyorgarligidan ham qoniqmoqdaman. Jamoamda yuqori saviyali futbolchilar bor, ayniqsa Messi. Bu mavsumda bunday jamoam bilan barcha musobaqalarda g'alaba qozonishimiz mumkin. Neymarni qarorini xurmat qilaman. Hozirgi vaqtda u biz bilan birga, o'ylashimcha uning yordami bizga bu mavsumda kerak. Tahmin qilishni yoqtirmayman. Men Neymarni joyini shu yerda deb bilaman, umid qilaman u biz bilan qoladi." - deydi bosh murabbiy.