«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 3-tiuri doirasida bo'lib o'tgan «Betis»ga qarshi o'yin (3:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz mumkinligini bilamiz va shunga intilamiz. Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, 15-daqiqa gol urganimizdan keyin ortga chekindik. Biz oldinga intilganimizdagina yaxshi o'ynay olamiz. Ular dastlab birinchi golni, keyin esa darhol ikkinchi golni urishdi. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi harakat qildik, o'yinchilar esa oxirigacha g'alabaga ishonishdi.
Hisobda ortda borayotganingda o'yinning borishini o'zgartirish qiyin. Bu esa muhim ahamiyatga ega. Biz 3ta imkoniyatdan foydalandik, yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Barcha o'yinchilar bilan faxrlanaman. Shunday ruhda davom etish kerak.
Hakamlik uchun hakamlarning o'zlari javob berishadi. Men hech qachon ularning ishlariga izoh bermayman. Bugun bunday qilmoqchi emasman.
Dastlabki 2ta turda g'alaba qozongan raqibga qarshi to'la kuch bilan o'ynadik. Bizga qiyin bo'ldi, lekin kerakli natijaga erishganimizdan xursandmiz. Biz maydonnning raqib tomonida o'ynashni istayman.
Kurtua? Uning seyvlari «Betis» bilan o'yin yakuniy natijasiga ta'sir ko'rsatdi. Bunday holat ilk marta ro'y berayotgani yo'q. Uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz.
Transferlar borasida esa, ixtiyorimda mavjud tarkibdan qoniqish hosil qilyapman. Biz mavsumni yaxshi o'tkazishga harakat qilamiz», — dedi Zidan.